Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yil davomida hududlarda bir nechta masofaviy xizmatlar markazlari tashkil etiladi
    14.04.2022

    Yig‘ilishda birinchi yarim yillikda 6 ta (Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan), yil yakunigacha yana 8 ta masofaviy xizmatlar markazini tashkil qilib, xorijdan buyurtmalar olishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

    Jahon IT bozoriga chiqqan kamida 30 ta yirik kompaniyalarni mamlakatimizda faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhimligi aytildi.

    Eng og‘ir hududlar - Qoraqalpog‘iston, Andijon va Surxondaryoda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Ikki oy muddatda xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda amaliy loyihalar orqali 1 ming nafar yoshlarning IT-parklarda malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.
    Yil boshidan xorijdan 3 mingga yaqin IT mutaxassislar kelgan bo‘lib, ularning asosiy qismi shu yerda uzoq muddat qolib ishlashni reja qilganligi ta’kidlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati