Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni “drayver” sohaga aylantirib, IT xizmatlarini 2,5 barobar oshirish va eksportni 500 million dollarga yetkazish bo‘yicha katta-katta maqsadlarni qo‘ydik”.
    14.04.2022

    “Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni “drayver” sohaga aylantirib, IT xizmatlarini 2,5 barobar oshirish va eksportni 500 million dollarga yetkazish bo‘yicha katta-katta maqsadlarni qo‘ydik.

    Bir narsani aniq tushunish kerak. Ushbu soha rivojlanmasa, boshqa biror bir tarmoq oldinga yurmaydi”, – dedi davlatimiz rahbari.

    Lekin, sohada yechimini kutayotgan muammolar va ishga solinmagan imkoniyatlar hali ko‘pligi qayd etildi. Jumladan:

    –  hududlarning optik tolali internet bilan qamrab olish darajasi past - 72 foiz;

    – 118 ta olis qishloqlarga aloqa tizimi va internet umuman yetib bormagan. Shuningdek, magistral avtomobil yo‘llarning atigi 38 foizi mobil internet bilan qamrab olingan. Umuman, hududlarda internet sifati va tezligi pastligicha qolmoqda;

    –  “O‘zbektelekom”ning daromadlari va samaradorligi boshqa mamlakatlar kommunikasiya kompaniyalaridan ancha past.

    Manba: Axborot xizmati