Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Birinchi yarim yillikda 30 ta, yil yakunigacha 40 ta davlat xizmatlarini yagona portalga kiritish vazifasi qo‘yildi
    14.04.2022

    Hozirgi loyihalarni amalga oshirish muddatlari yetarli darajada emasligi, AKT vazirligiga bu boradagi ish uslubi va yondashuvlarni o‘zgartirish orqali:

    - bir oy muddatda hamma vazirlik va hududlar bilan loyiha rejalarini qayta ko‘rib chiqish;

    - yil yakuniga qadar jami 404 ta hududiy, 133 ta tarmoq loyihalarni ishga tushirish topshirildi.

    Shuningdek, birinchi yarim yillikda 30 ta, yil yakunigacha 40 ta davlat xizmatlarini yagona portalga kiritish vazifasi qo‘yildi. Portaldagi xizmatlar soni 376 taga yetadi.

    Yil yakunigacha pensiyaga ariza berish, shaxsiy guvohnoma olish, sug‘urtalash kabi 50 ta xizmatning mobil ilovasi yaratilib, ularning soni 150 taga yetkaziladi.

    Shu orqali davlat xizmatidan onlayn foydalanuvchilar soni hozirgi 1,5 milliondan kamida 4 millionga yetkaziladi.

    Manba: Axborot xizmati