Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Har bir vazirlik, idora va hokimlarning ITga mas’ul o‘rinbosari AKT vaziriga bo‘ysunadi”
    14.04.2022

    “Axborot texnologiyalari vazirligi nafaqat o‘z tarkibidagi korxonalar bilan, balki barcha tarmoq va hududlarda raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bilan bevosita shug‘ullanishi shart”, – dedi Prezident.

    Endilikda vazirlik rahbariyati har hafta tumanga, qishloqqa, mahallaga, korxonalarga borib, joylardagi muammolarni o‘rganadi va hal etib boradi.

    Har bir vazirlik, idora va hokimlarning ITga mas’ul o‘rinbosari AKT vaziriga bo‘ysunadi, ularning ishi har chorakda aniq natijalarga qarab baholanadi.

    Davlatimiz rahbari O‘zbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish vazifasini qo‘ydi. Buning uchun:

    – IT eksportini yil yakuniga qadar kamida 100 million dollarga yetkazish;

    – ichki IT xizmatlari hajmini yiliga kamida 50 foizga o‘sishini ta’minlash;

    – joriy yilda qolgan 6 ta hududda ham IT-parklarni to‘liq ishga tushirish va malakali kadrlar ta’minlash, qolganlarida kamida 20 tadan kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va 5 ming nafar yoshlarni yuqori daromadli ish bilan ta’minlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Manba: Axborot xizmati