Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Prezident yechimini kutib turgan yana bir nechta muammoni sanab o‘tdi
    14.04.2022

    Prezident yechimini kutib turgan yana bir nechta muammoni sanab o‘tdi.

    Xususan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi doirasida vazirlik va tarmoqlarning 11 ta loyihasi kechikmoqda.

    Jumladan, Transport va Moliya vazirliklarida – 3 tadan, Investisiya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Kadastr agentligi, Milliy bank, “O‘zagrosug‘urta”da – 1 tadan.

    Bugungi kunda ayrim vazirlik va idoralar eski, ishonchsiz va o‘zaro integrasiya qilinmagan axborot tizimlaridan foydalanib kelmoqda.

    Bundan tashqari, hududlarda IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar bir maromda emas. IT xizmatlarining 90 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Eng og‘ir holat Qoraqalpog‘iston, Andijon va Surxondaryoda.

    Shu bilan birga, 46 ta hududiy loyiha ijrosi kechikmoqda.

    Manba: Axborot xizmati