Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
    15.04.2022

    Bugun, 15-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Kim Xi Sangni qabul qildi.

    AKT vaziri Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy qutlab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

    Uchrashuv davomida AKT sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov AKT sohasini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishda sohadagi ishlarni hamkorlikda amalga oshirishni alohida ta’kidladi.

    Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi Sang O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida qayd etdi. Jumladan, U joriy yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilganini ham yuqori baholadi.

    Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini takidladi.

    Uchrashuv so‘ngida tomonlar Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati