Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

BDIRU talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan yoshlar siyosati sohasida qator ustuvor vazifalar belgilanib, samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, chet elda o‘qiyotgan yoshlar bilan ishlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, zamonaviy jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish ma’suliyatli vazifalarimizdan biridir.

03.06.2021

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo'l xaritasi” imzolandi

Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov va Belarus Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish vaziri K. Shulgan aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasini (“Yo'l xaritasi”) imzoladi.

02.06.2021

IT Park rahbariyati Yuqori texnologiyalar parki va Belarus yetakchi IT kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi

Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) direktori F. Ibragimov Belarus IT bozorida yetakchilik qilayotgan qator kompaniya vakillari bilan uchrashdi.

02.06.2021

AKT vaziri va Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) MDH bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) MDH bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi direktori Natalya Mochu bilan uchrashdi.  

02.06.2021

"O‘zbektelekom" AK va "Beltelekom" RUK o‘rtasida hamkorlik rivojlanmoqda

Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida "O‘zbektelekom" AK Bosh direktori Nazirjon Xasanov «Beltelekom» RUK Bosh direktori Yuriy Petruchenya bilan uchrashdi.

02.06.2021

AKT vaziri “EPAM Systems” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov “EPAM Systems” kompaniyasi bosh direktori P. Shagoyko bilan uchrashdi

02.06.2021

AKT vaziri bilan BDIRU talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O'zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining "TIBO-2021" XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasiga tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti talabalari bilan uchrashdi.  

02.06.2021

Belarus Respublikasi Elektron xizmatlar milliy markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasining “TIBO-2021” Xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Belarus Respublikasi Elektron xizmatlar milliy markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

02.06.2021

Ishchi guruh Surxondaryo viloyatidagi soha faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ishchi guruhi a’zolari xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida bo‘ldi. 

02.06.2021

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

1-iyun kuni Milliy matbuot markazida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman Axborot texnologiylari va kommunikatsiylarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi vakillari ishtirok etdi.

01.06.2021