Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "O‘zbektelekom" AK va "Beltelekom" RUK o‘rtasida hamkorlik rivojlanmoqda
    02.06.2021

    Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida "O‘zbektelekom" AK Bosh direktori Nazirjon Xasanov «Beltelekom» RUK Bosh direktori Yuriy Petruchenya bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar pandemiya davrida kompaniyalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot almashdilar, telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish sohasida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdilar, shuningdek, "O‘zbektelekom" AK va “Beltelekom” RUKning so‘nggi yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar.

    Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va tajriba almashishni kelishib oldilar.

    "Beltelekom" respublika elektraloqa unitar korxonasi - bu uzoq tarixga ega bo‘lgan davlat, jamiyat, xususiy va korporativ mijozlar uchun muhim bo‘lgan aloqa texnologiyalarini taqdim etadigan va rivojlantiradigan kompaniya hisoblanadi. Ushbu kompaniya Belarus Respublikasining telekommunikatsiya bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi.

     

    Manba: Axborot xizmati