Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “EPAM Systems” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi
    02.06.2021

    Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov “EPAM Systems” kompaniyasi bosh direktori P. Shagoyko bilan uchrashdi.

    Ushbu kompaniyaning O'zbekiston Respublikasidagi filiali 2019-yilda ochilgan bo'lib,  hozirda 100 dan ortiq  mutaxassislar faoliyat yuritadi.  Kompaniya IT-Park rezidenti va uning xodimlari soni 43 mingdan ortiqni tashkil etadi.

    Bo'lib o'tgan uchrashuv davomida, IT-sanoat uchun kadrlar tayyorlash o'quv infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik istiqbollari, respublikaning barcha hududlaridan kelgan yoshlarni jalb qilgan holda xakatonlarni tashkil etish, universitetlar qoshidagi IT-Parkning mavjud inkubatsiya markazlari asosida “EPAM Systems” laboratoriyalarini yaratish, IT-Park filiali binosida imtiyozli shartlar asosida ofis maydonlarini tashkil etish, IT maktablarini rivojlantirish kabi mavzular  muhokama qilindi.

    Bugungi kunda “EPAM Systems” kompaniyasi asosiy vazifalaridan biri bu - O'zbekiston Respublikasida ofisning jadal rivojlanishini ta'minlash, shuningdek kompaniya uchun kadrlar tayyorlash va mahalliy aholi orasida IT-mutaxassislarni yetishtirishdir.

     

    Ma'lumot uchun:

    Ushbu IT-kompaniya 1993-yilda tashkil etilgan, maxsus dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi Markaziy va Sharqiy Yevropaning konsalting sohasidagi yetakchi o'yinchilaridan biri hisoblanadi.

    Hozirgi kunda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida filiallari mavjud. Ular Yuqori texnologiyalar parkining eng yirik rezidentlari TOP-5taligi va Belarus davlatining IT sohasidagi yetakchi ish beruvchilarining TOP-3ligiga kiritilgan. Kompaniya yiliga 15-20 foizga o'sib bormoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati