Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri va Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) MDH bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    02.06.2021

    Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) MDH bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi direktori Natalya Mochu bilan uchrashdi.  

    Mintaqaviy ofis direktori N. Mochu ta'kidlashicha, O'zbekiston XEI bilan faol aloqada bo'lib, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun davlat organlari, xususiy tuzilmalar va ilmiy doiralarni jalb qilgan holda mintaqaviy tashabbuslarni amalga oshiradi. Bunga misol tarzida qishloq va chekka joylardagi telekommunikatsiya obyektlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash bo'yicha amalga oshirilgan loyihalarni aytish mumkin.

    Uchrashuv davomida xotin-qizlar va yosh avlodni AKT, tadbirkorlik va davlat boshqaruvi bo'yicha malakasini oshirish markazini yaratish, zamonaviy AKT yechimlaridan foydalangan holda bolalarga ta'lim va  tarbiya berish tizimini takomillashtirish bo'yicha va boshqa bir qancha loyihalar yuzasidan fikr almashinildi.

    Shu bilan birga, XEIning o'quv guruhlari va ishchi guruhlari ortasida AKT sohasidagi statistik ma'lumotlarda va ishchi guruhlar ishida o'zbekistonlik mutaxassislarning ishtirokini yanada faollashtirish, ishlarni kuchaytirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

     

    Manba: Axborot xizmati