Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Jizzax viloyatida navbatdagi Inkubatsiya va akseleratsiya markazi ochildi

 Jizzax viloyatida IT-Park hamda Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ochilish dasturida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park Jizzax viloyati hududiy filiali xodimlari qatnashishdi.

 

22.10.2021

Yagona portal orqali pedagoglar attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatni tekshirishlari mumkin

Har 5 yilda bir marotaba attestatsiyada pedagog kadrning o‘quv fani bo‘yicha bilimi va malakasi, dars o‘tish mahorati, mehnati samaradorligiga baho beriladi hamda shu asosida uni rag‘batlantirish, oylik maoshini oshirish va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutiladi.

22.10.2021

Buxoro viloyati Vobkent tumanining chegara hududlarida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy qilinmoqda

Buxoro viloyati Vobkent tumaniga kirib-chiqish hududlarini nazorat qilish, jinoyatchilikni oldini olish, qonunbuzarlik va jinoyatlar sonini kamaytirish, jinoyatchilik holatlarini tezkorlik bilan ochish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi va “O‘zbektelekom”AK Buxoro filiali ko‘magi bilan tumanning chegara hududlarida (

22.10.2021

Andijon viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Joriy yilning sentabr-oktabr oylari davomida “Andijon digital city” texnoparkida Andijon, Buloqboshi, Qorasuv, Asaka va Xonobod tumanlarining umumta’lim maktablaridan tashrif buyurgan jami 500 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlar va informatika o‘qituvchilar uchun “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha  targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

22.10.2021

Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv seminarlari davom etmoqda

IT-park Samarqand viloyati filiali, Ishtixon tumani hokimligi va tuman Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi barcha umumta’lim maktablari direktorlari va informatika o‘qituvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi. 

22.10.2021

Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida suhbat bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahridagi IT-Park filialida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan  “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

21.10.2021