eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyatida navbatdagi Inkubatsiya va akseleratsiya markazi ochildi
    22.10.2021

     Jizzax viloyatida IT-Park hamda Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

    Ochilish dasturida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park Jizzax viloyati hududiy filiali xodimlari qatnashishdi.

    Ushbu  markazda talabalarga o‘z startap loyihalarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy kompyuterlar va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.

     Dastur davomida Inkubatsiya va Akseleratsiya markazida faoliyat olib boradigan talabalar o`zlarining startap loyihalarini dastur ishtirokchilariga va mutaxassislariga namoyish qilishdi hamda mutaxassislar tomonidan maslahat va qo`shimcha takliflar olishdi.

    Manba: Axborot xizmati