Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yagona portal orqali pedagoglar attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatni tekshirishlari mumkin
    22.10.2021

    Har 5 yilda bir marotaba attestatsiyada pedagog kadrning o‘quv fani bo‘yicha bilimi va malakasi, dars o‘tish mahorati, mehnati samaradorligiga baho beriladi hamda shu asosida uni rag‘batlantirish, oylik maoshini oshirish va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutiladi.

    Endilikda YIDXP orqali nafaqat attestatsiyadan o‘tkazishga ariza yuborish, balki “Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarini tekshirish” xizmatidan ham foydalanish mumkin.

    Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/500.

    Manba: Axborot xizmati