Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati Vobkent tumanining chegara hududlarida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy qilinmoqda
    22.10.2021

    Buxoro viloyati Vobkent tumanining “o‘sish nuqtalari”ni ta’minlashga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul etib biriktirilgan.

    Shu bilan birga tumanga kirib-chiqish hududlarini nazorat qilish, jinoyatchilikni oldini olish, qonunbuzarlik va jinoyatlar sonini kamaytirish, jinoyatchilik holatlarini tezkorlik bilan ochish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi va “O‘zbektelekom”AK Buxoro filiali ko‘magi bilan tumanning chegara hududlarida (Vobkent tumani va Buxoro, Peshku, Shofirkon tumanlari chegarasi hamda tuman markazidan G‘ijduvon tumani yo‘nalishida) avtomobil raqamlarini ro‘yxatga oluvchi 7 dona videokuzatuv qurilmalari o‘rnatildi.

    Videokuzatuv qurilmalarini tarmoqqa ulash maqsadida, “O‘zbektelekom”AK Buxoro filiali tomonidan optik tolali aloqa liniyalari tortildi. Shuningdek, ushbu videokuzatuv qurilmalari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi homiyligi asosida Vobkent tumani hokimligi binosida tashkil qilingan “Vaziyatlar markazi” bilan integratsiya qilindi.

    Bu esa axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib tumanga kirib-chiqish hududlarini nazorat qilish samaradorligini oshiradi.

    Manba: Axborot xizmati