eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
    22.10.2021

    Joriy yilning sentabr-oktabr oylari davomida “Andijon digital city” texnoparkida Andijon, Buloqboshi, Qorasuv, Asaka va Xonobod tumanlarining umumta’lim maktablaridan tashrif buyurgan jami 500 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlar va informatika o‘qituvchilar uchun “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha  targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

    Unda axborot texnologiyasi sohasining bugungi kundagi o‘rni va dolzarbligi, yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va ularni kelajak kasbiga jalb qilish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etildi.

    Targ‘ibot tadbirlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va “Andijan digital city” texnoparki bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

    Manba: Axborot xizmati