Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv seminarlari davom etmoqda
    22.10.2021

    IT-park Samarqand viloyati filiali, Ishtixon tumani hokimligi va tuman Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi barcha umumta’lim maktablari direktorlari va informatika o‘qituvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi. 

    Mazkur seminarda loyihaning maqsadi va ahamiyati, axborot texnologiyasi sohasining bugungi kundagi o‘rni va dolzarbligi, yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va yo‘naltirish masalalarida so‘z yuritildi. Mashg‘ulot davomida o‘qituvchi pedagoglarning sohaga oid bo‘lgan savollariga tashkilotchilar tomonidan batafsil javob berildi.

    Manba: Axborot xizmati