Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Toshkent shahridagi Amity universitetida xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 15-19-noyabr kunlari Tohskent shahridagi Amity universitetida O‘zbekistonda raqamli transformatsiya, elektron hukumat reytingi va sun’iy intellekt masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

16.11.2021

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida inkubatsiya markazi ishga tushirildi

IT Park hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magi bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida yangi inkubatsiya markazi ochildi.

16.11.2021

Xorazm viloyatida soha xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi ham “Yashil makon” umummilliy loyihada faol ishtirok etmoqda. Xususan, ushbu loyiha doirasida viloyatdagi barcha soha korxonalari jalb qilingan bo‘lib, belgilangan hududlarda ko‘chatlar ekilmoqda. 

16.11.2021

“StudentHack 2021” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Toshkent shahridagi Amity universiteti hududida “BePro IT Academy” va Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida joriy yilning 12-14 noyabr kunlari mobaynida tashabbuskor yoshlar orasida “StudentHack 2021” xakaton musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

15.11.2021

Samarqand viloyati Toyloq tumanida IT maktab o‘z faoliyatini boshladi

Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 15-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ochilish marosimida Toyloq tuman hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, jamoatchilik vakillari, maktab o`quvchilari ishtirok etdilar. 

15.11.2021

Sirdaryo viloyatida “Ideaton” startap g‘oyalar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Tanlovda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park Sirdaryo filiali, Guliston davlat universiteti, Xalq ta’limi boshqarmasi va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.

15.11.2021