Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Toyloq tumanida IT maktab o‘z faoliyatini boshladi
    15.11.2021

    Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 15-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ochilish marosimida Toyloq tuman hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, jamoatchilik vakillari, maktab o`quvchilari ishtirok etdilar. 

    Mazkur maktab zamon talablari asosida ta`mirlangan  va jihozlangan. Unda 2 ta informatika, robototexnika, IT English sinfxonalari, raqamli kutubxona tashkil etildi.  Endilikda ushbu maktab o`quvchilariga informatika fani chuqurlashtirib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyati yaratib beriladi. 

    Ta’kidlash lozim, 2021-yilda Samarqand viloyatida 7 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish belgilangan.

    Manba: Axborot xizmati