Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida “Ideaton” startap g‘oyalar tanlovi bo‘lib o‘tdi
    15.11.2021

    Tanlovda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park Sirdaryo filiali, Guliston davlat universiteti, Xalq ta’limi boshqarmasi va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.

    Ikki kun davom etgan tadbirda 30 nafar yoshlar qatnashib, o‘zlarining bor bilim va mahoratlaridan foydalangan holda ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, qishloq xo‘jaligi, kommunal va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi muayyan muammolarni hal qilish va sohalarni raqamlashtirishga oid g‘oyalarni taqdimot qildilar.

    Tanlov yakunida eng yaxshi g‘oyalarni taqdim etgan 3 ta ishtirokchi g‘olib deb topilib, ularga homiylarning esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati