Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida inkubatsiya markazi ishga tushirildi
    16.11.2021

    IT Park hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magi bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida yangi inkubatsiya markazi ochildi.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, IT Parkning hududiy boʻlimi rahbar va xodimlari qatnashdi.

    Mazkur inkubatsiya markazini tashkil etishdan  asosiy maqsad, yoshlarning innovatsion loyihalari va startaplarini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.  Muntazam ravishda mahorat dars, xakaton, ideaton va boshqa startap tanlovlarini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetakchi IT mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan mentorlardan javob olishlari mumkin.

    Har bir oliy o‘quv yurtidagi inkubatsiya markazlari simsiz internetdan cheksiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, yosh avlod vakillarining yangi loyihalarini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha zarur jihozlar va uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlangan.

     

    Manba: Axborot xizmati