Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amity universitetida xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda
    16.11.2021

    Joriy yilning 15-19-noyabr kunlari Tohskent shahridagi Amity universitetida O‘zbekistonda raqamli transformatsiya, elektron hukumat reytingi va sun’iy intellekt masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

    Mazkur seminar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida tashkil qilindi.

    Mazkur seminar davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mas’ul 50 dan ortiq xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.

    Treningni o‘tkazish uchun Estoniya davlatining yetakchi “MindTitan” kompaniyasidan xalqaro ekspertlar guruhi taklif etilgan.

    Ikki kunlik dastur davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, sun’iy intellekt loyihalarini qanday yozishni, loyihalarning texnik jihatlarini va muvaffaqiyatga erishish ehtimoli katta bo‘lgan loyihalarni jamiyatimizga tadbiq etishni o‘rganadilar.

     

    Manba: Axborot xizmati