Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

AKT vazirligi delegatsiyasi Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan TEKNOFEST Aerokosmos va texnologiyalar festivalida qatnashmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ayni kunlarda Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida o‘z ishini boshlagan TEKNOFEST Aerokosmos va texnologiyalar festivalida ishtirok etmoqda.

27.05.2022

Koreya Respublikasining yirik kompaniyalarini jalb qilish va BPO yo‘nalishida faoliyatlarini O‘zbekistonda tashkil etish va kengaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi

Bugun, 27-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi Inha Universitetida Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi Sang, Koreya Respublikasining Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (ETRI) vitse-prezidenti Pak Jong Xyon hamda Koreyaning yetakchi IT kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

27.05.2022

AKT vaziri xorijdagi kompaniyalarni boshqarayotgan vatandoshlarimizga yurtimizda IT-sohani rifojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga va BPO yo‘nalishida faoliyatlarini O‘zbekistonda tashkil qilish, kengaytirish bo‘yicha takliflar berib murojaat qildi

Bugun, 26-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida AQSHda yashab faoliyat olib borayotgan huquqshunos jurnalist bloger Otabek Mahkamovning “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazir Sherzod Shermatov ham ishtirok etib, nutq so‘zladi.

 

26.05.2022

Toshkent shahridagi Amity universitetiga kirish imtihonlarining 1-bosqichi o‘tkazildi

Joriy yilning 24 va 26-may kunlari Toshkent shahridagi Amiti universitetiga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi.

26.05.2022

Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori bilan IT ta’limni rivojlantirish va ushbu universitetning yangi axborot texnologiyalari fakultetini ochish masalalari muhakoma qilindi

Bugun, 26-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori Xan Jong Sok bilan uchrashuv o‘tkazdi.

26.05.2022

O‘zbekistonliklar Meta (Facebook) kompaniyasidan loyiha uchun grant yutib olishdi

Qoraqalpog‘istonlik Beknazar Abdikamalov va Aziz Murtazoyev singapurlik hamkori Jastin Kim bilan birgalikda Ami ruhiy salomatlik bo‘yicha startap ishga tushirish uchun Meta (Facebook) grantini qo‘lga kiritdilar. Investitsiyalar hajmi 3 million dollarni tashkil etdi.

25.05.2022

AKT vaziri Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutiga borib, yuqori malakali harbiy AKT mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutiga tashrif buyurdi.

25.05.2022

AKT vaziri Davlat tashkilotlari ma’lumotlar bazasi infratuzilmasini kengaytirish uchun yangi qurilayotgan Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

Bugun, 24-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining Elektron hukumat tizimlarini rivojlantirish maqsadida Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazining qurilayotgan obyekti holati bilan tanishdi.

24.05.2022

AKT vaziri “O‘zbektelekom” AKning Toshkent viloyatidagi kengaytirilayotgan Data markaz faoliyati bilan tanishib, markaz xizmatlarini sifatli va samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Bugun, 24-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbektelekom” AKning Toshkent viloyatidagi kengaytirilayotgan Data markaz faoliyati bilan tanishdi.

24.05.2022

SES kompaniyasi rahbariyati bilan sun’iy yo‘ldosh orqali teleradioeshittirish va ma’lumotlarni uzatishda yangi loyihalarni joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi

“RRTM” DUK va SES kompaniyasi o‘rtasida Sun’iy yo‘ldosh orqali teleradioeshittirish va ma’lumotlarni uzatish yo‘nalishida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

24.05.2022