Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • SES kompaniyasi rahbariyati bilan sun’iy yo‘ldosh orqali teleradioeshittirish va ma’lumotlarni uzatishda yangi loyihalarni joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi
    24.05.2022

    “RRTM” DUK va SES kompaniyasi o‘rtasida Sun’iy yo‘ldosh orqali teleradioeshittirish va ma’lumotlarni uzatish yo‘nalishida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

    “RRTM” DUK 2015-yidan buyon SES kompaniyasi bilan hamkorlikda NSS12 suniy yo‘ldosh aloqa tizimidan foydalangan holda respublikamizning aloqa infrastrukturasi mavjud bo‘lmagan, olis aholi yashash hududlarida o‘rnatilgan kam quvvatli uzatkichlarga televizion signallarini yetkazib berish orqali umumfoydalanishdagi teleradiokanallar qamrovi bilan ta’minlash bilan birga, Markaziy Osiyo va Kaspiy hududlarida ham ochiq formatda teleradiokanallarni ko‘rish imkoniyatlari yaratilgan.

    Bugungi kunda NSS12 suniy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ochiq formatda umumfoydalanishdagi televizon paketidagi 12 ta telekanallar (O‘zbekiston-24, O‘zbekiston, Yoshlar, Sport, Ma’daniyat va ma’naviyat, Dunyo bo‘ylab, O‘zbekiston tarixi, Bolajon, Mahalla, Kinoteatr, Navo, Foreign Languages) va 4 ta radiokanal (O‘zbekiston-24, O‘zbekiston, Yoshlar, Mahalla) hamda Halq ta’lim vazirligining 3 ta onlayn-maktab rukni ostida telekanallar uzatilishi ta’minlab kelinmoqda.

    SES kompaniyasi taklifiga binoan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi vakillari, “RRTM” DUK “Uzdigital” MCHJ rahbariyati SES kompaniyasining Lyuksemburg davlatidagi bosh ofisiga tashrif buyurishdi.

    Tashrif davomida SES kompaniyasining DTT Digital Terrestrial Television), DTH (Direct To Home), OTT (Over-The-Top), Broadband Keng polosali (keng polosali ma’lumotlarni uzatish xizmatlari), SKALA (boshqariladigan xizmatlar) yangi texnologiyalari bilan yaqindan tanishildi.

    Shuningdek, SES kompaniyasi rahbariyati bilan sun’iy yo‘ldosh orqali teleradioeshittirish va ma’lumotlarni uzatish yo‘nalishdagi yangi loyihalarni joriy etish va mavjud imkoniyatlarni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

    Manba: Axborot xizmati