Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutiga borib, yuqori malakali harbiy AKT mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
    25.05.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutiga tashrif buyurdi.

    O‘zbekiston Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida ofiser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti negizida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti tashkil etilgan edi.

    Harbiy institutda o‘qish davri ikki yillik bo‘lib, 8 ta yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofiser kadrlar tayyorlanmoqda.

    Harbiy institutda Aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi, Maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi, Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi, Radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik-muhandisligi, Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi, Havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi, Davlat xafsizlik xizmati chegara qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi bo‘yicha mutaxassislar o‘qitilmoqda.

    Shuningdek, joriy yildan boshlab kiberxavfsizlik fakulteti tashkil qilinib, tarmoq xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar ham tayyorlanadi.

    AKT vaziri Sh. Shermatov tashrif davomida institutdagi sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayoni, zamonaviy ta’lim vositalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qay darajada joriy etilgani bilan tanishdi hamda yuqori AKT malakali harbiy AKT mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qildi.

    Shu bilan birga, institut talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, AKT sohasida olib borilayotgan yangi izlanishlar, yaratilayotgan dasturiy mahsulotlar bilan tanishdi va tayyorlanayotgan dasturiy mahsulotlar bo‘yicha o‘z mulohaza va takliflarini aytdi.

    Shuningdek, aloqa bo‘yicha harbiy mutaxassislarni tayyorlashning keng ko‘lamli tizimini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati