Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amity universitetiga kirish imtihonlarining 1-bosqichi o‘tkazildi
    26.05.2022

    Joriy yilning 24 va 26-may kunlari Toshkent shahridagi Amiti universitetiga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Kirish imtihonlari Amity universiteti toʻgʻrisidagi taqdimot bilan boshlanib, undan soʻng asosiy yozma test va suhbat asosida, hindistonlik professorlar tomonidan nazoratga olingan holda amalga oshirildi.

    Abituriyentlarning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida onlayn tarzda imtihon jarayonlari kuzatishlari uchun imkoniyat yaratildi.

    Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha www.amity.uz sayti orqali davom etmoqda.

    – International Foundation Studies

    Bakalavriat bosqichi:

     – Axborot texnologiyalari

    – Iqtisodiyot

    –  Turizm

    –  Biznes boshqaruvi

    –  Kompyuter bilimlari va muhandisligi

    Magistratura bosqichi:

    – Axborot texnologiyalari 

    Bundan tashqari, yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha 2-kirish imtihonlari 2022-yilning 12 va 14-iyul kunlari va 3-kirish imtihonlari 2022-yilning 16 va 18-avgust kunlari o‘tkaziladi.

    Manba: Axborot xizmati