Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Davlat tashkilotlari ma’lumotlar bazasi infratuzilmasini kengaytirish uchun yangi qurilayotgan Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi
    24.05.2022

    Bugun, 24-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining Elektron hukumat tizimlarini rivojlantirish maqsadida Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazining qurilayotgan obyekti holati bilan tanishdi.

    Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat tizimining Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash yagona markazini tashkil qilish bo‘yicha tegishli qaroriga asosan “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Loyiha doirasida 300 ta telekommunikatsiya shkaflari, 580 ta serverlar, 20 PB ma’lumotlarni saqlash tizimi va uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash uchun zaxiralangan aloqa liniyalari va elektr tarmoqlari, shuningdek dizel generatorlar bilan ta’minlanishi nazarda tutilgan. Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazining ishonchliligi Uptime Institutening «Tier III» talablariga asosan loyihalashtirilgan.

    Loyiha ishga ishga tushirilgandan so‘ng markazda vazirliklar va davlat tashkilotlariga tegishli asosiy va zaxira axborot resurslari va tizimlari joylashtirilishi rejalashtirilgan.

    AKT vaziri Sh. Shermatov Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi faoliyati va xodimlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, uni zamon talablariga mos tarzda bitkazish bo‘yicha o‘z takliflarini aytib, vazifalarni belgilab berdi.

    Manba: Axborot xizmati