Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning texnoparklari o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida “Raqamli ko‘prik 2022” (Digital Bridge 2022) xalqaro IT Forumi bo‘lib o‘tmoqda. 
Bugun, 28-sentabr kuni ushbu forum doirasida Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning texnoparklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

28.09.2022

Digital Bridge 2022 xalqaro IT Forumida O‘zbekiston delegatsiyasi taqdimotlar hamda ko‘rgazmasida qator IT yechimlar va startaplari bilan qatnashdi

Qozog‘istonning Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida “Raqamli ko‘prik 2022” (Digital Bridge 2022) xalqaro IT Forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forumning dastlabki kunida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Digital Uzbekistan” taqdimoti bilan ishtirok etib mamlakatimizning IT imkoniyatlarini batafsil yoritib, barcha ishtirokchilarni O‘zbekistonda 24-27 Oktyabr kunlariga rejalashtirilgan ICT Week Uzbekistan tadbirlariga taklif etdi.

28.09.2022

“Sun’iy intellekt, elektron boshqaruv va axborot erkinligi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi

28-sentabr – Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni munosabati bilan O‘zbekiston va YUNESKO hamkorligida gibrid formatda tashkil etilgan “Sun’iy intellekt, elektron boshqaruv va axborot erkinligi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

28.09.2022

Ostona shahrida AKT sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yil 28-29-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida "Raqamli ko'prik 2022" (Digital Bridge 2022) xalqaro IT Forumi bo‘lib o‘tadi. Ushbu forumda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etadi.

27.09.2022

OTMlar reytingining qator ko‘rsatkichlarida TATU yuqori o‘rinlarni egalladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yilda bir nechta mezonlar asosida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassalarining reytingi natijalari e’lon qilindi.

27.09.2022

Parkent tumani Samsarak qishlog‘idagi Villayat platformasi doirasida Eko Majlis – umumiy rivojlanish maqsadiga ega loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Parkent tumani Samsarak qishlog‘idagi Villayat platformasi tomonidan tashkil etilgan Eko Majlis – umumiy rivojlanish maqsadiga ega loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda AKT vaziri Sh. Shermatov ishtirok etdi.

26.09.2022

“AloqaTech Lab” akseleratsiya va inkubatsiya dasturining “Demo Day” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24-sentabr kuni Raqamli texnologiyalar sohasida startap sanoatini rivojlantirish doirasida “IT Park Uzbekistan” tomonidan “Aloqabank” tijorat banki bilan hamkorlikda “AloqaTech Lab” akseleratsiya dasturi tashkil etildi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi.

24.09.2022

AKT vaziri IT Park rezidentlari bilan uchrashib, kelgusi yilda eksportni oshirish uchun qanday qo‘shimcha choralar ko‘rilishi kerakligi haqida ochiq muloqot qildi

23-sentabr kuni AKT vaziri Sherzod Shermatov IT Park rezidentlari bilan ochiq muloqot tashkil etdi.

Dastlab, AKT vaziri tadbirning ochilishida so‘zga chiqib, IT sohasining rivojlanishiga befarq bo‘lmay tashrif buyurgan rezidentlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

24.09.2022

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Bugun, 23-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv binosi foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

23.09.2022

“Meta” kompaniyasi delegatsiyasi bilan axborot texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Bugun, 23-sentabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan “Meta” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda AKT vaziri Sh. Shermatov hamda “Meta” kompaniyasining Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyodagi davlat siyosati bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jorj Chen ishtirok etdi.

23.09.2022