Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Parkent tumani Samsarak qishlog‘idagi Villayat platformasi doirasida Eko Majlis – umumiy rivojlanish maqsadiga ega loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
    26.09.2022

    Parkent tumani Samsarak qishlog‘idagi Villayat platformasi tomonidan tashkil etilgan Eko Majlis – umumiy rivojlanish maqsadiga ega loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda AKT vaziri Sh. Shermatov ishtirok etdi.

    Villayat – bu yashil va ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ekotizimni yaratuvchi, mamlakat aholisi uchun minimal ekologik xavflarga qarshi innovatsion ijodiy mahsulotlarni yaratuvchi IT platforma hisoblanadi.

    Tadbir doirasida Villayat eko qishlog‘i, Kolektiv startap akseleratori va Melnica venchur studiyasi loyihalari taqdimoti, shuningdek, iqlimshunoslar O‘zbekistondagi atrof-muhit holati to‘g‘risida ma’ruza qilishdi.

    Tadbirda ishlab chiqarishdan kelib chiqadigan atrof-muhitga yetkazilgan zararni kamaytirish, startaplar va venchur investorlar tomonidan ochiq muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati