Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning texnoparklari o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
    28.09.2022

    Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida “Raqamli ko‘prik 2022” (Digital Bridge 2022) xalqaro IT Forumi bo‘lib o‘tmoqda. 
    Bugun, 28-sentabr kuni ushbu forum doirasida Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning texnoparklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
    Memorandum imzolash marosimida Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi B. Amriyev, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov, Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri B. Musin, Turkiya Sanoat va texnologiyalar vaziri M. Varank, Turkiya Prezidenti Administraysiyasi huzuridagi Raqamli transformatsiya agentligi raisi Ali Taxa Kox, Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vaziri o‘rinbosari F. Axmedov va Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari M. Azimov ishtirok etishdi.
    Memorandum Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning texnoparklari rahbarlari tomonidan imzolandi. 
    Ushbu bitim IT sohasi va innovatsion ekotizimni birgalikda rivojlantirishga qaratilgan.

    Manba: Axborot xizmati