Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ostona shahrida AKT sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
    27.09.2022

    Joriy yil 28-29-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida "Raqamli ko'prik 2022" (Digital Bridge 2022) xalqaro IT Forumi bo‘lib o‘tadi. Ushbu forumda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etadi.

    Bugun, 27-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov   Qozog'iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri B.Musin bilan uchrashdi.

    Mazkur uchrashuvda Qozog‘iston va O‘zbekiston  davlatlarining  mafaatlaridan kelib chiqqan holda AKT sohasida  ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish  telekommunikatsiya, pochta va radiochastota yo‘nalishlaridagi masalalar ko‘rib chiqildi.

    Shu bilan birga O‘zbekiston  Respublikasi Ахbоrоt texnologiyalari vа kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiya vа aerokosmik sanoat vazirligi o'rtasida ахbоrоt va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim"ni 2022-yil 24-27-oktabr kunlari Samarkand shahrida bo'lib o'tadigan АКТ xavftaligi doirasida imzolashni muhokama qildi.

    Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, istiqboldagi rejalarni amalga oshirishda har ikki tomon bir-birini qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

    Manba: Axborot xizmati