Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv binosi foydalanishga topshirildi
    23.09.2022

    Bugun, 23-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv binosi foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    1500 nafar talabaga mo‘ljallangan ikkita 9 qavatlik o‘quv binosida 7 ta ma’ruza xonasi, 21 ta o‘quv xonalari, 9 ta kompyuter xonasi mavjud. Har bir xona zamon talablariga mos jihozlangan. 

    Yangi, zamonaviy, so‘nggi innovatsiya yangiliklari asosida ta'mirlangan, “Kompyuter injiniring” fakulteti binosining ochilishi  talaba yoshlarni AKT sohasida yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

    Tashrif davomida AKT vaziri Sh. Shermatov mamlakatimiz IT sohasida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishidagi takliflar hamda tahsil olayotgan universitet talabalarida amaliy ko‘nikma va kasbiy malakani rivojlantirish maqsadida dars jarayonlarini amaliyot bilan uzviy ravishda tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

    Shuningdek, talabalarga qulay sharoit yaratish va ta’lim sifati va ichki ijodiy muhitni yaxshilashga e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati