Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Buyuk Britaniya davlat raqamli xizmatlari bilan Аnglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Buyuk Britaniya davlat raqamli xizmatlari o‘rtasida raqamli hukumat sohasida hamkorlik boʼyicha Аnglashuv memorandumi imzolandi.

10.03.2021

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda. Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Surxondaryo viloyati Termiz tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. 

10.03.2021

Samarqand viloyati Tayloq tumanida ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi

Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimligida viloyat davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomiga mas’ul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish, shaxsiy mas’uliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

09.03.2021

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilishi Tomdilik yoshlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi

Navoiy viloyatining olis va cho‘l hududlaridan bo‘lgan Tomdi tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

09.03.2021

IT mutahassislar uchun vakansiyalar

“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” Davlat muassasasi quyidagi mutahassisliklar bo‘yicha ishga taklif qiladi:

09.03.2021

Buxoro shahrida “Vobkent.Tech” ideaton va kibersport musobaqasi o‘tkazildi

Buxoro viloyati Vabkent tumanida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) hamda Xalq ta'lim vazirligi bilan birgalikda maktab o'quvchilari uchun «Vobkent.Tech» ideaton va kibersport boyicha musobaqani tashkil etdi.

09.03.2021

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi muqaddas va mo‘tabar, muhtarama onaxonlarni, aziz opa-singillarni, shuningdek, yurtimizning barcha ayollarini 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

07.03.2021

AKT Vaziri yuksak mukofot sohiblari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Sherboboyeva Gulrux Baxtiyorovna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

06.03.2021

Sirdaryo viloyatida ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan oʼquv-amaliy seminari o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati hokimligida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomiga mas’ul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish, shaxsiy mas’uliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash boʼyicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

05.03.2021

AKT vaziri Vazirlikda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni 8 mart bayrami bilan tabrikladi

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligida bayram tadbiri tashkil etildi.

05.03.2021