Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilishi Tomdilik yoshlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi
    09.03.2021

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarni tashkil qilish ishlari izchil davom etmoqda.

    Jumladan, Navoiy viloyatida ham Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil yetish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

     Shunday markazlardan biri Navoiy viloyatining olis va cho‘l hududlaridan bo‘lgan Tomdi tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Bugungi kunda viloyatning 8 ta (Karmana, Xatirchi, Qiziltepa, Nurota, Uchquduq, Tomdi  tumanlari, Navoiy va Zarafshon shaharlari) tuman va shaharlarda o‘quv markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

    Mazkur o‘quv markaziga IT Park tomonidan to‘liq  mebel jihozlari va zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan bo‘lib, aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalarni yaratish, startap loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilish rejalashtirilgan.

     

     

    Manba: Axborot xizmati