Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan oʼquv-amaliy seminari o‘tkazildi
    05.03.2021

    Sirdaryo viloyati hokimligida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomiga mas’ul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish, shaxsiy mas’uliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash boʼyicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼullari, tegishli vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari va Sirdaryo viloyatidagi davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli masʼullari ishtirok etishdi.

    Seminarda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari va topshiriqlarini rasmiylashtirish, ularning ijrosini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tdi.

    Shuningdek, o‘quv-seminar davomida tegishli masʼullar tomonidan qilingan maʼruzalarda norma ijodkorligi, hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxlar murojaatlari bilan ishlash to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tildi.

    Manba: Axborot xizmati