Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Tayloq tumanida ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi
    09.03.2021

    Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimligida viloyat davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomiga mas’ul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish, shaxsiy mas’uliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

    O‘quv-amaliy seminarda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamol Maxsudov “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati hujjatlari va topshiriqlarini rasmiylashtirish, ularning ijrosini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi” to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga maʼlumot berib o‘tdi hamda o‘quv-amaliy seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berib o‘tdi.

    Mazkur seminarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklarning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati