Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT mutahassislar uchun vakansiyalar
    09.03.2021

    Hozirgi kunda talabi yuqori bo‘lgan kasblardan biri IT mutahassisligidir. IT mutahassislar mehnat bozorida yuqori baholanib, eng ko‘p maosh topadigan kasblar qatoriga kiradi.

    Bugungi kunda yurtimizda keng ko‘lamli AKT va raqamli islohotlar Malaga oshiril moqda. Bu borada yuqori vazifalarni va yirik loyihalarni amalga oshirila oladigan malakali IT mutahassislarga bo‘lgan talab tobor oshib kelmoqda.

    Shundan kelib chiqib “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” Davlat muassasasi quyidagi mutahassisliklar bo‘yicha ishga taklif qiladi:

    1. Tahlilchi (elektron davlat xizmatlari bo‘yicha)

    Vazifalar:

    • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (YaIDXP) kontentini monitoring qilish;
    • YaIDXP kontentini o‘z vaqtida yangilash, uni to‘ldirib borishni nazorat qilish;
    • YaIDXP elektron davlat xizmatlarini sinovdan o‘tkazish va tasdiqlash;
    • YaIDXP interfeysi va ishlashini hamda uning texnik imkoniyatlarini yahshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
    • Statistic ma’lumotlarini aniqlash va elektron davlat xizmatlari to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlash;
    • elektron davlat xizmatlari bo‘yicha yangiliklarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash va yozish;
    • YaIDXPni targ‘ib qilish va ommalashtirish uchun PR-mutahassis bilan ishlash;
    • Telegram bot orqali YaIDXP foydalanuvchilari bilan qayta aloqani qo‘llab-quvvatlash;
    • YaIDXPda elektron davlat xizmatlarini joriy etishda texnik xodimlar, ishlab chiqaruvchilar bilan ishlash, shuningdek uni takomillashtirish.

     

    2. Tahlilchi (BPR)

    Vazifalar:

    • davlat xizmatlarining biznes jarayonlarini aniqlash va ularni optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
    • tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid normative-huquqiy hujjatlarini tahlil qillish va qayta ishlash;
    • avtomatlashtiriladigan jarayonlarni aniqlash nuqtai nazaridan davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha maʼmuriy reglament loyihalarini o'rganish;
    • xorijiy tajribani o'rganish va elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha takliflar tayyorlash;
    • elektron hukumat sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda davlat idoralari bilan ishlash.

     

    Taklif qiladigan ish shartlari bilan tanishish va batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://e-gov.uz/pages/vacancy 

     

    Manba: Axborot xizmati