Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-yil 23-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining kengaytirilgan majlisi  o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Vazirlikning markaziy apparati, tizimdagi korxona va tashkilotlar va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

23.07.2021

“IT-Parkning ikki yillik faoliyati doirasida qo‘lga kiritgan natijalari” to‘g‘risida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Bugun, 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida “Tashkilotning ikki yillik faoliyati doirasida qo‘lga kiritgan natijalari” to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazdi.

23.07.2021

Bosh maqsad – aholiga sifatli telekommunikatsiya va internet xizmatlarni ko‘rsatish

Raqamli islohotlarning bosh maqsadlaridan biri – aholini tezkorli ravishda axborot bilan ta’minlash va bilim olish yo‘lida sifatli telekommunikatsiya va internet xizmatlarini ko‘rsatish.

22.07.2021

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi butun O‘zbekiston aholisini Qurbon hayiti bilan tabriklaydi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi barcha yurtdoshlarimizni insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik bayrami - Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

19.07.2021

Farg‘ona viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida faol o‘qituvchilar taqdirlandi

“One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov o‘z yakuniga yetdi va tanlov natijasiga muvofiq TOP-100 ta o‘qituvchilar ro‘yxatiga kirgan Farg‘onalik 13 nafar o‘qituvchilar taqdirlandi.

19.07.2021

Xorazm viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida faol o‘qituvchilar taqdirlandi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida IT ta’lim va “Bir million dasturchi” loyihasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun 8 nafar o‘qituvchilarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

19.07.2021

Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimidagi islohotlar

Ta’lim berishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, samarali yondashuvlarni ishlab chiqish, ta’lim berishning ilg‘or uslublarini joriy etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni jahon sivilizatsiyasi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish, salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

17.07.2021

Xorazm viloyatida "O'zbektelekom" AK milliy operatori tomonidan yuqori sifatli, qulay xizmatlar taqdim etilmoqda

"O'zbektelekom" AK milliy operatori tomonidan O‘zbekiston aholisini sifatli, uzluksiz va nufuzli mobil aloqa va internet bilan ta’minlash bo‘yicha doimiy ishlar olib borilmoqda va mamlakatimizning eng chekka hududlarigacha tarmoqlarni yetkazish uchun barcha jadal harakatlar amalga oshirilmoqda.

16.07.2021

Buxoro viloyatida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish (Wi-Fi) hududlari soni ko‘paydi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida Vobkent tumanida “O‘zbektelekom” AK tomonidan 3 ta “WI-FI” nuqtasi ishga tushirildi. 

16.07.2021

Elektron hukumatning rivojlanib borishi davlat idoralarida shaffoflik va ochiqlik tizimini ta’minlamoqda

Bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  orqali 253 ta elektron xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 

16.07.2021