Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida faol o‘qituvchilar taqdirlandi
    19.07.2021

    “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov o‘z yakuniga yetdi va tanlov natijasiga muvofiq TOP-100 ta o‘qituvchilar ro‘yxatiga kirgan Farg‘onalik 13 nafar o‘qituvchilar taqdirlandi.

    “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini taqdirlash Marg‘ilon shahridagi “Raqamli texnologiyalar markazi”da o‘tkazildi. 

    Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Qosimov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Y.Gafurov, Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A.Raxmonova, “IT-PARK” ning Farg‘ona filiali direktori B. Jalilovlar ishtirok etdi.

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablarining 13 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

    Manba: Axborot xizmati