Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida "O'zbektelekom" AK milliy operatori tomonidan yuqori sifatli, qulay xizmatlar taqdim etilmoqda
    16.07.2021

    "O'zbektelekom" AK  milliy operatori tomonidan O‘zbekiston aholisini sifatli, uzluksiz va nufuzli mobil aloqa va internet bilan ta’minlash bo‘yicha doimiy ishlar olib borilmoqda va mamlakatimizning eng chekka hududlarigacha tarmoqlarni yetkazish uchun barcha jadal harakatlar amalga oshirilmoqda. Katta o‘zgarishlar va yangilanishlar Xorazm viloyatiga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kunda "O'zbektelekom" AK milliy operatorining abonent ulushi viloyat aholisining to‘rtdan bir qismini tashkil etib, hozirgi kunda Urganch shahrining  qoq markazida joylashgan, eng so‘nggi zamonaviy va texnologik yechimlarni o‘z ichiga qamrab olgan va yangilangan ofisi orqali 400 mingdan ortiq abonentlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda. Viloyatning boshqa hududlarida esa yana 11 ta savdo va xizmat ko'rsatish ofislari hamda 150 taga yaqin agentlik savdo punktlari tashkil etilgan. Savdo ofislarini modernizatsiya qilish loyihasi davom etmoqda va mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olishi kutilmoqda.

    Bundan tashqari, abonentlarga eng qulay sharoitlar yaratish maqsadida Xorazm viloyatining barcha jismoniy va yuridik abonentlariga qulaylik yaratib kelayotgan sayyor xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

    Xorazm viloyatining butun hududi bo‘ylab kompaniyaning zamonaviy standartlariga mos stansiyalari o‘rnatilgan. Bu esa milliy operatorning Xorazm viloyatidagi barcha manzillar bo‘yicha iste’molchilarni yuqori sifatli aloqa xizmatlari bilan ta’minlashga zamin yaratmoqda. 

    Manba: Axborot xizmati