Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish (Wi-Fi) hududlari soni ko‘paydi
    16.07.2021

    Bugungi kunda barcha sohalar qatorida axborot texnologiyalari yo‘nalishida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Mana shunday jadal taraqqiy etib borayotgan zamonda internet tarmog‘i juda ham zarur. 

    Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-apreldagi “2021 -2023 yillarda Buxoro viloyatining Vobkent tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati Vobkent tumanida turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida Vobkent tumanida “O‘zbektelekom” AK tomonidan 3 ta “WI-FI” nuqtasi ishga tushirildi.

    Bu esa, tumanga tashrif buyuruvchi sayyohlar va tuman aholisining yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanishi uchun keng imkoniyat yaratmoqda.

    Shu bilan birga, Buxoro shahridagi Buxoro davlat universiteti hamda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida yangi tashkil qilingan Wi-Fi hududlarning holati o‘rganildi.

    O‘rganish davomida mazkur hududda internet tarmog‘iga simsiz (Wi-Fi) bepul ulanishda foydalanuvchilarning shaxsini majburiy tartibda aniqlagan holda tegishli sifatdagi ulanishni ta’minlanganligi, bugungi kunda Internet xizmatlaridan ko‘plab talaba va yoshlar foydalanayotgani aniqlandi.

    Bugungi kunda Buxoro viloyatida jami 26 ta hududda Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish (Wi-Fi) nuqtalari tashkil etilgan, barchasida foydalanuvchilarning shaxsini majburiy tartibda aniqlagan holda tegishli sifatdagi ulanishni ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, yil yakuniga qadar qo‘shimcha 10 ta maskanda Wi-Fi hududlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati