Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Elektron hukumatning rivojlanib borishi davlat idoralarida shaffoflik va ochiqlik tizimini ta’minlamoqda
    16.07.2021

    Bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  orqali 253 ta elektron xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida Yagona portal orqali 2,3 mln. dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilishi natijasida aholining 18 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishildi, shu jumladan 1 iyundan boshlab 18 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni elektron hamkorlik orqali olish yo‘lga qo‘yildi. Bu bilan aholining oyiga o‘rtacha 1,3 mlrd.so‘m mablag‘i tejalishi kutilmoqda.

    2021-yilda ustuvor ravishda 60 ta davlat xizmatlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq bugungi kunga kelib 28 turdagi yangi xizmat Yagona portalda joriy etildi.  

    Shu bilan birga Yagona portalning mobil ilovasi ishga tushirilgan bo‘lib, u orqali 36 ta elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda, ushbu xizmatlarning 13 tasidan avtorizatsiyadan o‘tmay turib foydalanish imkoniyati mavjud.

    Aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida davlat xizmatlari markazlari orqali olingan xizmat natijalarini Yagona portaldagi shaxsiy kabinet orqali istalgan vaqtda yuklab olish imkoniyati yaratildi. Natijada bugungi kunga kelib 388 turdagi 16,2 mln.ta hujjatlar saqlanmoqda.

    Xalqaro baholash tashkilotlari talablaridan kelib chiqib Yagona portal orqali olingan 120 dan ortiq davlat xizmatlarini baholash imkoniyati yaratildi.

    Joriy yil yakuniga qadar:  ustuvor vazifalar:

    -  Axborot texnologiyalari vazirligi va manfaatdor vazirlik va idoralar 1-noyabrga qadar 50 dan ortiq elektron xizmatlarni soddalashtirish va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talabini bekor qilish (elektr tarmoqlariga ulanish, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini o‘rnatish, mehnat faoliyati huquqini beruvchi tasdiqnomani olish va boshqalar).

    - Axborot texnologiyalari vazirligi Yagona portalning mobil ilovasi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini 100 taga yetkazish, jumladan 1-oktyabrga qadar 30 ta (kommunal soha, kadastr, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqalar), yil yakuniga qadar 34 ta (ijtimoiy soha, transport, tadbirkorlik va boshqalar).

    - Axborot texnologiyalari vazirligi va “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta bo‘linmalari orqali ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari sonini 60 taga yetkazish (hozirda 33 ta), 1-oktyabrga qadar 10 ta (Ijtimoy himoya bo‘yicha nafaqa tayinlash, saylov uchastkasini aniqlash yoki o‘zgartirish va boshqalar), 1-dekabrga qadar 17 ta (Haydovchilik bo‘yicha imtihon topshirishga ariza yuborish, Pedagog xodimlarga malaka toifasi sertifikatini berish va boshqalar);

    - joriy yilning 1-oktyabrdan boshlab tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, davlat boji va boshqa to‘lovlar to‘langanligi, oliy ma’lumot hamda fuqaroning ish haqini tasdiqlovchi 15 turdagi ma’lumotnomalarni mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinishini yo‘lga qo‘yish;

    - Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi chet elda yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy fuqarolar uchun barcha konsullik vakolatxonalari orqali elektron xizmatlardan foydalanish imkonini yaratish kabi  vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestri axborot tizimi (reestr.uz) ishga tushirildi. Axborot tizimi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari yagona bazasini shakllantirish va loyiha-texnik hujjatlari elektron kelishuvini amalga oshirish imkonini beradi. Yagona reyestrda 33 ta davlat organlarining 106 ta axborot tizimi ro‘yxatga olindi (hozirda yagona reyestr shakllantirish jarayonida). Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi 37 ta, Markaziy bank 7 ta hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 5 ta axborot tizimlari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

    Ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri (cs.egov.uz) axborot tizimi joriy etildi. Tizim davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurlarida real vaqt rejimida markazlashgan holda qo‘llashga mo‘ljallangan, mutasaddi idoralar tomonidan ma’lumotnomalar va klasifikatorlarni shakllantirish va yuritish imkonini beradi. Hozirgi kunda tizimda 13 ta vazirlik va idoralar tomonidan 41 ta ma’lumotnoma va klassifikatorlari yuritilmoqda. Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi 11 ta, Davlat statistika qo‘mitasi 8 ta, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank tomonidan 5 tadan ma’lumotnoma va klasifikatorlar tizimga kiritildi.

    Elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimi takomillashtirilib, amaliyotga joriy etildi va foydalanuvchilar soni 1 mln. ni tashkil etdi. Mazkur tizim orqali fuqarolar davlat organlarining 80 dan ziyod axborot resurslaridan foydalanishi mumkin. Foydalanuvchilarning 67 foizi erkaklar, 33 foizi esa ayollardir. Eng ko‘p foydalanuvchilar Toshkent shahri (21,7 foiz), Toshkent viloyati (10,1 foiz) hamda Samarqand viloyatidan (8,9 foiz) ro‘yxatdan o‘tgan.

    Ochiq ma’lumotlar portaliga (data.gov.uz) jami 158 ta tashkilotlarning 12 mingdan ortiq ma’lumotlari joylashtirilgan bo‘lib, 7,8 mln. marta yuklab olingan (eng ko‘p ma’lumotlar to‘plamini joylashtirganlar: Davlat statistika qo‘mitasi – 6 338 ta, Toshkent viloyati hokimligi – 677 ta).

    Elektron hukumatning Idoralararo integratsion platformasi takomillashtirilib, davlat organlarining 120 dan ortiq axborot tizimlari o‘rtasida oyiga o‘rtacha 100 mln.dan

    ortiq axborot almashinuvi amalga oshirilmoqda, bu esa faqatgina qog‘oz xarajatlari uchun oyiga 7 mlrd.so‘m, yiliga esa 84 mlrd. so‘m mablag‘ tejab qolinishiga sabab bo‘lmoqda.

    Elektron hukumatning Yagona billing tizimi orqali yil boshidan beri umumiy qiymati 974 mlrd. so‘mlik 8,4 mln.dan ortiq tranzaksiyalar amalga oshirildi. Bu esa yo‘l va qog‘oz sarfi xarajatlari uchun 24,1 mlrd. so‘m tejalishiga erishildi.

    Ushbu tizim davlat bojlari va yig‘imlarining to‘lov hujjatlarini shakllantirish, to‘lovlar shaffofligini oshirish imkonini beradi. 2021-yilda Yagona billing tizimining yangi talqini ishga tushirildi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati