Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi хalqimizni Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi

Ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Eng muhimi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga o‘z mehnatimiz bilan hissa qo‘shmoqdamiz.

Har qanday millat va xalq uchun eng muqaddas qadriyat, bu shubhasiz, mustaqillikdir, ammo hurriyatga hech qaysi millat osonlik bilan erishgan emas. Barchamizga ma’lumki, Vatanimiz ozodlikka erishganiga, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘lga kiritganiga 31 yil to‘ldi.

31.08.2022

Faol dasturchi yoshlar IT Park Uzbekistan binolaridagi sharoitlar bilan tanishtirildi hamda ular bilan 1 million dollarlik tanlovni qanday to‘g'ri va adolatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi

29-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov yoshlar va IT mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining yangi qurilgan binolarida bo‘lib o‘tdi.

30.08.2022

“GAP” ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Jamiyatda xotin-qizlarimizning o‘rnini, bilimini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish, qiziqish va layoqatiga qarab yo‘nalish tanlashga ko‘maklashish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida 31 avgust kuni “GAP” ayollar IT-klubi doirasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

30.08.2022

Navoiyda ilk BPO-markazi o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 22-avgustdagi “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan respublikaning barcha hududlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etish belgilab berilgan.

30.08.2022

Xalqaro IT kompaniyalar rahbarlariga yangi ochilgan IT Park Uzbekistan binolaridagi sharoitlar taqdim etildi va ular bilan hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi

Joriy yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida qurilgan yangi binolarning holati bilan yaqindan tanishgan edi.

29.08.2022

AKT vaziri Urganchda “UZINFOCOM” Yagona integratori filiali faoliyati bilan tanishib, filial faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida joriy yilda IT Park filialida yangidan faoliyat boshlagan “UZINFOCOM” Yagona integratori Xorazm filiali faoliyati, filialda amalga oshirilgan ishlar hamda mutaxassislar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.     

 

29.08.2022