Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Urganchda “UZINFOCOM” Yagona integratori filiali faoliyati bilan tanishib, filial faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi
    29.08.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida joriy yilda IT Park filialida yangidan faoliyat boshlagan “UZINFOCOM” Yagona integratori Xorazm filiali faoliyati, filialda amalga oshirilgan ishlar hamda mutaxassislar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.     

    Shuningdek, Yagona integratorning Xorazm filialida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan muloqot qildi. AKT vaziri muloqot davomida filial faoliyatini rivojlantirish hamda IT sohasiga xotin-qizlarni ko‘proq jalb etish to‘g‘risida o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

    Ma’lumot uchun: Joriy yilning aprel oyidan IT Park binosida faoliyat boshlagan “UZINFOCOM” Yagona integratori Xorazm filialida bugungi kunda 30 nafarga yaqin malakali IT mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yagona integrator Xorazm filiali jamoasining asosiy qismini yosh yigit va qizlar tashkil etadi.

    Manba: Axborot xizmati