Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “GAP” ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
    30.08.2022

    Jamiyatda xotin-qizlarimizning o‘rnini, bilimini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish, qiziqish va layoqatiga qarab yo‘nalish tanlashga ko‘maklashish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida 31 avgust kuni “GAP” ayollar IT-klubi doirasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

    Loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan IT Park va Dlux bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tadi.

    Tadbirda ishtirok etish uchun 30-avgustgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin (joylar soni cheklangan):

    https://forms.gle/YxGzfMohB8zFerMLA

    Eslatib oʻtamiz, “GAP” ayollar uchun IT-klub loyihasi ayollarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan. Klubning asosiy maqsadi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning IT sohasidagi savodxonligini oshirish hamda ularni IT sohasida o‘qitish va ishga joylashtirish imkoniyatini yaratishdan iborat.

    Manba: Axborot xizmati