Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi хalqimizni Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi
    31.08.2022

    Ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Eng muhimi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga o‘z mehnatimiz bilan hissa qo‘shmoqdamiz.

    Har qanday millat va xalq uchun eng muqaddas qadriyat, bu shubhasiz, mustaqillikdir, ammo hurriyatga hech qaysi millat osonlik bilan erishgan emas. Barchamizga ma’lumki, Vatanimiz ozodlikka erishganiga, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘lga kiritganiga 31 yil to‘ldi.

    Mustaqillik xadya etgan ne’matlardan bahramand bo‘lish, ular bilan faxrlanish yaxshi.Bizning bosh vazifamiz, burchimiz, ana shu ne’matlarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashdir.

    Bugungi kunda Vatanimizning kelajagi va taqdirini o‘z qo‘liga olishga qodir, hayotga yangicha qaraydigan ming-minglab yoshlarimiz biz uchun, kelajagimiz uchun tog‘dek tayanch bo‘lib, mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning tashabbuskori va ijrochisi bo‘lib maydonga chiqmoqda. Bu esa, qisqa davrda tez va barqaror sur’atlar bilan taraqqiy etib borayotgan, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallayotgan hamda qudratli davlatga aylanib borayotgan yurtimiz farovonligi va osmonimiz musaffoligi uchun muhimdir.

    Mustaqillik ayyomi arafasida Prezidentimizning e’tibori va e’tirofi AKT sohasining yuqori darajada yuksalishi hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan xodimlarining xursandchiligi ikki hissa ko‘proq bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz orasida sohamiz vakillarining ham borligi kishini xursand qiladi.

    Bugun O‘zbekiston yangi bir uyg‘onish davriga qadam tashladi. Xalqimiz sinovlardan mardonavor o‘tib, o‘zining birdamligini namoyon etmoqda. Xalqimizning bir-biriga mehri-oqibati oshgani, har birimiz hayotning qadriga yana bir bor yetganimiz buning ayni isbotidir.

    Vazirlik jamoasi Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan, eng avvalo, istiqlolni oliy qadriyat deb biluvchi, xalqimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etgan holda, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik-omonlik, fayz-u baraka tark etmasligini tilaydi.

    Erishayotgan yutuqlarimiz bardavom, turmushimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

    Manba: Axborot xizmati