Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Navoiy viloyatidagi barcha maktab direktorlarining IT sohasidagi malakasi oshirilmoqda

Navoiy viloyati Xatirchi hamda  Uchquduq tumanlarining  Raqamli texnologiyalar o'quv markazida  barcha umumta'lim maktab direktorlarining axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirish maqsadida o‘quv seminarlari boshlab yuborildi.

10.11.2021

TATU Samarqand filiali tanlovda faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan "Eng namunali boshlang‘ich tashkilot" ko‘rik tanlovining final bosqichida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

10.11.2021

Endilikda shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaragʼi holati haqidagi maʼlumotni onlayn tarzda olishingiz mumkin

Endilikda Yagona portal (my.gov.uz) orqali nafaqat “Shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaragʼi holati haqida maʼlumot”ga ega bo'lish, balki tegishli maʼlumotnomani tez va oson yuklab olish imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.  

09.11.2021

Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan maktab o'qituvchilari uchun uch oylik bepul kurslar tashkil etildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan Yunusobod tumanidagi 220-sonli hamda Uchtepa tumanidagi 193-sonli maktab o‘qituvchilari uchun “Ta’lim tizimini raqamlashtirish” mavzusida uch oylik malaka oshirish kurslari boshlandi.

09.11.2021

“Open Data Challenge-2021” xakatoniga qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

“Open Data Challenge-2021” xakatoni tanloviga  ishtirok etish uchun qatnashchilar  joriy yilning 3-dekabrdan 5-dekabrgacha ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda onlayn formatda ilovalar ishlab chiqishlari talab etiladi.

08.11.2021

Navoiy viloyatining bir qator tumanlarida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida aholi va yuridik shaxslar uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabullar o‘tkazildi. Ushbu sayyor qabullarda 250 nafar  aholi va yuridik shaxs vakillari qatnashdi. 

 

08.11.2021

Buxoro viloyati Olot tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyati Olot tumanida istiqomat qiluvchi aholi va yuridik shaxslar uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

 

08.11.2021

“UNICON.UZ” DUK tomonidan o‘quv seminari o‘tkazildi

“UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi tomonidan “Rahbarning shaxsiy samaradorligi” mavzusida bo‘lim  boshliqlari uchun psixologik trening o‘tkazildi.

08.11.2021

Sirdaryo viloyati TKTI Yangiyer filialida “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Xovos va Yangiyer tumanlari Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ma’sul xodimlari tomonidan seminar o‘tkazildi.

 

08.11.2021

Namangan shahrida joylashgan “Bunyodkor” mahallasida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Namangan shahridagi “Bunyodkor” MFYda yangi va zamonaviy tarzda  ta’mirlangan, mebel, kompyuter qurilmalari bilan jihozlangan o‘quv markazi tashkil etildi.

08.11.2021