Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatining bir qator tumanlarida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi
    08.11.2021

    Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida aholi va yuridik shaxslar uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabullar o‘tkazildi. Ushbu sayyor qabullarda 250 nafar  aholi va yuridik shaxs vakillari qatnashdi. 

    Sayyor qabullar davomida, vazirlik faoliyatidan kelib chiqib, aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillarining telekommunikatsiya xizmatlari, pochta, televideniya, mobil aloqa hamda ta’lim yo‘nalishlari bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. 

    Mazkur sayyor qabullarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan soha tizimidagi mas’ul rahbarlarga tegishli muammolarni o‘rganib chiqib, ularni hal etish bo‘yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati