Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan shahrida joylashgan “Bunyodkor” mahallasida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    08.11.2021

    Namangan shahridagi “Bunyodkor” MFYda yangi va zamonaviy tarzda  ta’mirlangan, mebel, kompyuter qurilmalari bilan jihozlangan o‘quv markazi tashkil etildi.

    Ushbu markazda Bunyodkor mahallasi yoshlari, aholi vakillari bepul asosda IT sohasidagi eng zamonaviy bilimlarni egallashadi. Birgina, 20 ta kompyuter bilan jihozlangan xonada bir kunda 60 nafar o‘quvchini qamrab olish orqali bir oyda 120 nafar, bir yilda 1320 nafarni yoshlarni boshlang‘ich kompyuter savodxonligini oshirish, shuningdek, chuqurlashtirilgan dasturlash kurslarida 80 nafar, jami 1400 nafar yoshlarni jalb etish imkoniyati yaratiladi. Shu bilan bir qatorda, qo‘shimcha 2 ta ish o‘rni yaratiladi.

    Shuningdek, Namangan shahri va barcha tumanlarida 12 ta kasb-hunar kollejlari hamda “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxonasi, IT markazi va Kovorking zona faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
    Birgina Namangan viloyatidan “Bir million dasturchi” loyihasida bugungi kundan 188 ming nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, ularning 50 ming nafari bitiruvchi sertifikatini qo‘lga kiritdilar.

    Manba: Axborot xizmati