Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan maktab o'qituvchilari uchun uch oylik bepul kurslar tashkil etildi
    09.11.2021

    Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan Yunusobod tumanidagi 220-sonli hamda Uchtepa tumanidagi 193-sonli maktab o‘qituvchilari uchun “Ta’lim tizimini raqamlashtirish” mavzusida uch oylik malaka oshirish kurslari boshlandi.

    Kurs kompyuter fanlari, matematika va fizika bo'yicha trening darslarini o'z ichiga oladi. Kurs davomida quyidagi mavzular o'rganiladi:
    - Fizika darsida virtual laboratoriya ishi
    - Matematika darslarida kompyuter dasturlaridan foydalanish;
    - Fizika darsida mobil ilovalar
    - Raqamli iqtisodiyot

    Shuningdek, ingliz tili o'qituvchilari o'z malakalarini alohida oshiradilar.

    Kurs yakunida o‘qituvchilar zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘qitish ko‘nikma va uslublarini yanada rivojlantirishga erishadilar va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

    Manba: Axborot xizmati