Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

“O‘zbekiston – Koreya elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik forumi” bo‘lib o‘tdi

Bugun, 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “O‘zbekiston – Koreya elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik forumi” bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

26.11.2021

Xorazm viloyatida IT-loyihalar tanlovi o‘tkazildi

Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida “Istiqbolli IT-loyihalar” tanlovi tashkil etildi. Tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Xorazm viloyati boshqarmasi, IT-Park, TATU Urganch filiali va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

26.11.2021

Davlat organlari orasida ichki hujjatlarni va ma'lumotlarni almashishni osonlashtirish va kengroq joriy etish vazifalari belgilandi

AKT vaziri Sherzod Shermatov “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi - UNICON.UZ” faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarilayotgan loyihalarini jadallashtirish va barcha davlat organlari orasida o'zaro hujjat va ma'lumotlar almashishni oson qilib tezroq joriy etish vazifalarini belgiladi.

25.11.2021

SHHTga aʼzo davlatlarning AKT sohasi rahbarlari bilan videokonferensaloqa orqali birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 25-noyabr kuni O‘zbekiston tomoni raisligida videokonferensaloqa orqali Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlari bilan birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

25.11.2021

Fuqarolar xizmatlardan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” davlat unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

25.11.2021

Elektron hukumat yo‘nalishida Qozog‘iston bilan o'zaro tajriba almashish masalalari muhokama etildi

So‘nggi yillarda mamlakatda raqamli islohotlarni amalga oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda aholi farovonligini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan xalqaro hamkorliklar bugun o‘z natijasini bermoqda.

25.11.2021

AKT vaziri “InnoWeek-2021” doirasida o‘tayotgan “ Sun’iy intellekt — texnologik rivojlanish asosi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Bugun, 24-noyabr kuni «InnoWeek-2021» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida «Sun’iy intellekt — texnologik rivojlanish asosi» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

24.11.2021

AKT vaziri Call-markazlar faoliyatini rivojlantirish orqali qo'shimcha ishchi o'rinlari yaratish vazifasini belgiladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbektelekom” AK “Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi” filiali qoshidagi Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi faoliyati bilan tanishdi.

24.11.2021

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida brifing bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xizmati rahbari Sh. Axmatov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

24.11.2021

AKT sohasida AQSh bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

Bugun, 23-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Rosenblum bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

23.11.2021